🇺🇿 Chikagoda o’zbek tili bayrami bo’lib o’tdi.

2023-yil 21-oktabr kuni Chikago yaqinida Chikago o’zbek-amerika assotsiatsiasi tomonidan tashkil etilgan “Ona tilim-jonu dilim” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayram o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag’ishlandi. Bayramda Chikago va uning atrofi hamda qo’shni shtatlarda yashovchi yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. O’zbek maktabi o’quvchilari o’zbek tilida turli xil she’r va qo’shiqlar ijro etishdi. Bu bilan bolajonlar ingliz tili bilan bir qatorda o’z tarixiy vatanlari tilini ham unutmaganliklarini isbotlashdi.