Oq Uyga (White House) qanday qilib sayohat qilish mumkin.

AQSh Prezidentining qarorgohiga tashrif buyurib uni tomosha qilishni hohlamaydigan odam kam topilsa kerak. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida davlat boshlig’ining qarorgohi omma uchun yopiq bo’lsada Qo’shma Shtatlarda bunday emas. Xo’sh bu qanday amalga oshiriladi?

Oq uyga tashrif buyurmoqchi bo’lganlar agar ular amerika fuqarosi yoki qonuniy doimiy yashovchi (grin kard egalari) bo’lsalar bu ish ularning Kongressdagi deputatlari yoki Senatorlari orqali amalga oshiriladi. Xorijiy sayyohlar esa tegishli elchixonalar orqali oldindan yozilishlari mumkin. Quyida biz AQSh fuqarolari va grin karta egalari qanday qilib Oq uyga sayohat qilishlari mumkinligiga to’xtalib o’tamiz. Oq uyga sayohat uchun arizalar tashrif kuningizdan kamida 20 kun avval yoki 6 oydan erta bo’lmagan muddatda topshirilishi lozim. Bu sayohatga navbat ko’p bo’lgani uchun 5-6 oy avval yozilishni maslahat beramiz. Qanchalik erta yozilsangiz maqullanish ehtimoli shuncha oshadi. Oq uyga sayohat uchun kamida 10 kishilik guruh-guruh bo’lib amalga oshiriladi agar siz yolg’iz o’zingiz bo’lsangiz yoki guruhingiz 10 kishidan kam bo’lsa unda konrgressmen sizni boshqa guruhlarga biriktiradi.

Agar siz Washington DC ga qachon borishingizni va Oq Uyga qachon sayohat qilishni belgilab olgan bo’lsangiz unda ariza topshirishga kirishsangiz bo’ladi. Buning uchun avvalo siz yashab turgan manzil uchun Kongressmenni aniqlab olashingiz kerak yoki Siz Yashab turgan shtatning ikki senatoridan birini websahifasiga tashrif buyurasiz. Sizning Konressdagi vakilingiz kim ekanligini bilish uchun www.house.gov websahifasiga tashrif buyurasiz va “Find your representative” degan joyga zip codingizni kiritasiz. Agar natijada birdan ortiq kongressmen topilsa unda zip codning qolgan 4 ta raqamini kiritin (5+4) agar siz zip codning qolgan 4 ta xonali raqamini bilmasangiz unda manzilingizni kiritasiz.]Bizning misolda 60453-1338 zip codi uchun Kongressman Dan Lipinski topildi va  uning ismi ustidagi bosib web sahifasiga o’tamiz. Barcha kongressmenlarning web sahifalari turlicha bo’lganligi uchun “tour request form” ni joylashgan joyi har xil bo’lishi mumkin, bir amallab topasiz.  Va Tour Request Formasini to’ldirib yuborasiz.  Kongressmen idorasi arizangizni ko’rib chiqib (odatda bu bir necha oy vaqtni oladi) sizga sayohat qilishingiz mumkinligi va qo’shimcha ma’lumotlar haqida xabar yuboradi.

Oq uyga sayohatni Qo’shmat Shtatlardagi Sentoringiz orqali amalga oshirsangiz ham bo’ladi bu ancha soddaroq. Buning uchun www.senate.gov web sahifasiga kiramiz

Va “find your senators” dan o’zingiz yashab turgan shtatni tanlaysiz va bizning misolda bu Illinois. Ko’rib turganingizdek har doim ikki nafar senator chiqadi bir shtatdan va birini tanlab (qaysi biriligini ahamiyati yo’q) ismi ustiga bosib uning websaytiga o’tamiz va bizning misolda bu Illinoislik Senator Dick Durbin )Senator Richard “Dick” Durbinning Web sahifasiga o’tib u yerdan “How Can I help you” menusidan Visit Washington DC” ni tanlaymz qolgan bosqichlar huddi avvalgidek. Ya\’ni \”Tour Request “ formasini to’ldirib yuboramiz.

Sizning Oq Uyga sayohatininggiz maqullansa siz u yerga tashrif buyurib tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.