Saxovatli kishilar: Chaqaloqni asrab qolgan Saidmuhammadxon.

Azizlar,

Dunyoda yaxshi odamlar ko\’p. Ammo yaxshilardan ham yaxshilari bor. Bular saxovatli kishilar, boshqalarga yordam berish uchun o\’z foydasidan kechgan , mas\’uliyatni o\’z ustiga olgan va hatto o\’z hayotini xavf ostiga qo\’yib bo\’lsa ham boshqalarga yordam bera olgan  kishilar. Shundaylar haqida eshitganda yoki shu kabi odamlar bilan bo\’lgan voqealarni guvohi bo\’lganda \”men shu ishni qila olarmidim\” deb o\’ylab qolasan, kishi.

Darhaqiqat, ular yaxshilarning yaxshisi- buyuk qalb egalari.

Maqsadimiz shunday kishilar haqida boshqalarga aytib berish, ularning fidoiyliklarini ko\’rpoq targ\’ib qilish, bir so\’z bilan aytganda yaxshilikka  da\’vat. Shuni ham aytishimis kerakki, bizning bu ishga qo\’l urishimizdan maqsadimiz biror narsa ta\’masida emas, balki faqat olloh poziligi uchundir.

Biz ushbu mavzuni do\’stlarimiz bilan anchadan beri o\’ylab yurar edik. Va  Mavzunu nomini \” Saxovatli kishilar\” deb nomladik.

Azizlar,

Keling bu borada Siz ham bizga yordam bering, ya\’ni savobga sherik bo\’ling. Shunaqa odamlarni bilsangiz bizga yozib yuboring. Bo\’lsa aniq faktlari (nomlari, joylari , vaqtlari) bilan, bo\’lmasa  ham shart faklari emas- yuqorida aytganimizdek , maqsadimiz yaxshi xulqlar targ\’iboti, toki bunday odamlar boshqalarga ham ibrat  bo\’lsinlar. Yuborilgan materiallar egasi nomi bilan e\’lon qilinadi.

Chaqaloqni asrab qolgan Saidmuhammadxon.

 

Olim Sharipov. Chikago Shahrida yashayman.

Bu voqeani menga rahmatli tog\’am- Hoji Fiyosiddin Nasafiy aytib bergandilar.

\”1931 yil ko\’klam fasli. Qiyin vaqtlar edi. Turkistonning hamma joyida bo\’lgani kabi Bizning Kasbi qishlog\’ida ham qizillar tomonidan quloqlashtirish boshlandi. Ozgina oziga to\’q, o\’rtahol odamlarni ham qamoq va surgun qilishayotgan paytlar edi.

Biz Kasbidan 3 oila Afg\’inistonga qarab yo\’l oldik. Amudaryodan o\’tishimiz kerak edi. Ma\’lum to\’lov evaziga kemachilar o\’tkazib qo\’yishar edilar. Kemacha egasi yana bitta shart qo\’ydi: \”Hech kim ovoz chiqarmasligi kerak. Agar chaqaloqlaring yig\’lasa daryoga tashlaysizlar. Bo\’lmasa hammamiz qizillar qo\’liga tushamiz\”. Biz noiloj rozi bo\’ldik. Hammamiz kemaga chiqdik. Daryoning o\’rtasiga kelganda chaqaloq yig\’lay boshladi. Kemachi darhol ovozini o\’chirishni- daryoga otib yuborishni talab qila boshladi. Albatta hech kim bunga jur\’at qila olmas edi. Onasi chaqaloqni bag\’riga bosib olgan, choqaloq tinmay yig\’lar, bechora onaizor nima qilishini bilmay sarosimaga tushib qolgan edi. Shunda kemachilardan biri bolaga chang soldi. Shunda Saidmuhammadxon tog\’am darhol kemachini qo\’lini tutdilar. \”Agar shu norasida go\’dakni o\’ldirib jon saqlaydigan bo\’lsak, mayli hammamiz halok bo\’lsak  ham rozimiz \” dedilar.  Xudoga shukurki, hammamiz sog\’-salomat Afg\’oniston tomonga o\’tib oldik.\”

G\’iyosiddin Nasafiy har gal bu vogeani gapirib berganlarida o\’pkalari to\’lib yig\’lab yuborar edilar.

Aytishlaricha o\’sha chaqaloq- qiz bola bo\’lib ismlari Marhamat ekan. U voyaga etib turmush qurishib bir qancha o\’g\’il- qizlar ko\’rgan. Keyinchalik oilasi bilan Saudiya Arabistonining Madina shahrida ko\’chib o\’tishgan va 80 yil umr ko\’rgan. Hozirgi vaqtda bolalari Amerika va dunyoning boshqa mamlakatlarida yashaydilar.

\”Asrasa balo yo\’q, asramasa davo yo\’q\” deb shuni aytishar ekanda.